Namangan viloyati, Namangan shahri, Islom Karimovko‘chasi, 12-uy
MEXANIKA VA TEXNOLOGIYA
Ilmiy jurnalida maqolalarni chop etish uchun rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar
Namangan Davlat Texnika Universiteti «Mexanika va texnologiyailmiy jurnali» («Научный
журнал механика и технология», «Scientific Journal of Mechanics and Technology») da
respublikamizning oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish
markazlari va xorijda bajarilgan ilmiy ahamiyatga molik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari
nashr etiladi. Ilmiy jurnal bir yilda to‘rt marta chop etilib, unda quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha maqolalar e'lon qilinadi:.
- mexanika;
- avtomobilllar va qishloq xo‘jalik mashinalari;
- texnologiya;
- qisqa xabarlar.
Tahririyatga taqdim etilayotgan maqola qo‘lyozmasi bo‘yicha muallif
faoliyat olib borayotgan muassasa rahbariyati tomonidan imzolangan yo‘llanma xati, maqolani
chop etish mumkinligi haqidagi ekspert xulosasi va maqola mualliflarining tarkibida fan
doktori: bo‘lmagan taqdirda tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha fan doktorining rasmiy taqrizi
bo‘lishi shart. Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Maqolaning
nomi, qisqacha annotatsiyasi (8-10 qator) va kalit so‘zlar (10-15 ta) o‘zbek, rus va ingliz
tillarida beriladi.
Maqola matni “MS Word” dasturida “Times New Roman” shiriftida 12 pt o‘lchamda, hajmi 1
intervalda 6-10 bet bo‘lishi kerak. Varaq o‘lchami 210x297 mm (A4-format), matn chegara
o‘lchamlari yuqoridan va pastdan– 2,0 sm, chapdan – 3,0 sm, o‘ngdan – 1,5 sm bo‘lishi lozim.
Maqolani rasmiylashtirish qoidalari quyidagilardan iborat. Maqola boshining chap tomonida UO‘T
(UDK), keyingi qatorda maqolaning nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida (bosh harflarda,
o‘rtada, qalin yozuvda (jirnûy)), undan keyingi qatorda mualliflar to‘g‘risidagi ma'lumotlar
(familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, lavozimi, ilmiydarajasi va unvoni, elektron
manzili hamda telefon raqamlari) o‘zbek, rus va ingliz tillarida kichik bosma harflarda
yoziladi, qisqacha annotatsiyasi (8-10 qator) va kalit so‘zlar (10-15 ta) o‘zbek, rus va
ingliz tillarida beriladi. Bir qatordan so‘ng maqola matni yoziladi. Maqoladagi formulalar
Microsoft Equation da yoziladi. Rasm (grafik, sxema va chizma)lar standart qoidalarga rioya
qilingan holda 10x10 sm dan katta bo‘lmagan o‘lchamda tayyorlanishi, ularni soni 5 tagacha,
qisqa xabarlarda esa 2 tagacha ruxsat etiladi. Nomlari esa rasmdan so‘ng qalin yozuvda
o‘rtada yoziladi (1-rasm. Nomi). Jadvallarning nomlari javalning yuqori qismida qalin yozuvda
o‘rtada yoziladi (1-jadval. Nomi). Adabiyotlarga havolalar maqola ichida [1] ko‘rinishda
bo‘lib, foydalanilgan adabiyotlar maqola oxirida havolalar ketma-ketligi tartibida beriladi.
Adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatiladi: jurnalda chop etilgan maqolalar va ma'ruza
tezislari uchun - Mualliflarning familiyasi, ismi sharifi. Maqolaning nomi // Jurnalning nomi
. - Nashr joyi va yili. – Soni yoki qismi. – Betlari. (1. Turdaliev V.M., Maxkamov G‘.U.
Piyoz ekish
texnologiyasini tanlash bo‘yicha tajribaviy tadqiqotlar // Namangan muhandislik-texnologiya
instituti ilmiy-texnika jurnali. – Namangan, 2019. – ¹3. – B. 77-81.); monografiyalar uchun -
Mualliflarning familiyasi, ismi sharifi. Nomi. – Nashriyot nomi, joyi va nashr yili. – Betlar
soni. (1). Djuraev A., Maqsudov R.X., Turdaliev V.M. O‘zgaruvchan uzatish nisbatli tasmali
uzatmalarni kinematik va dinamik tahlili. – Fan va texnologiyalara: Toshkent, 2013. – 168 b.);
avtoreferatlar uchun - Muallifning familiyasi, ismi sharifi. Mavzusi: ishning darajasi. –
Nashr joyi va yili. – Betlar soni. (1. Turdaliev V.M. Tuproqqa ishlov beradigan va sabzavot
ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari:
Texn. fan. dok. diss. avtoref. – Toshkent, 2018. – 64 b.); dissertatsiya uchun - Muallifning
familiyasi, ismi sharifi. Mavzusi: ishning darajasi. – Nashr joyi va yili. – Betlar soni. (1.
Turdaliev V.M. Tuproqqa ishlov beradigan va sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan
mashinani ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari: Texn. fan. dok. diss. –Toshkent, 2018.–
200 b.); kitoblar uchun - mualliflarning familiyasi, ismi sharifi, kitobning nomi, nashr joyi,
nashriyot nomi, nashr yili, qismi va betlari (1. Jo‘raev A., Mavlyaviev M., Abdukarimov T.,
Miraxmedov D. Mexanizm va mashinalar nazariyasi. : G‘.G‘ulom, 2004. – 592 b.); patent uchun –
Patent olingan davlat va uning raqami / e'lon qilingan yil. Mualliflarning familiyasi, ismi
sharifi. Mavzusi // Patent raqami, nashr yili. – Byulleten raqami. (1. Patent O‘zR FAP 00848 /
31.10.2013. Djuraev A., To‘xtaqo‘ziev A., Muxamedov J., Mamaxanov A. Zanjirli uzatma //
O‘zbekiston Respublikasi patenti, 2013. – Byul. ¹10.); internet ma'lumotlari uchun - URL,
ma'lumotga murojaat etilgan sana. (1. ZiyoNet ta'lim portali. http://library.ziyonet.uz/ru.
20.05.2020.)
Tahririyat barcha maqolalarni taqrizga yuboradi, ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop
etish masalasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Keltirilgan talablar yakuniy emas, ba'zi maqolalar borasida tahririyat qo‘shimcha ma'lumot
so‘rash huquqini saqlaydi